O'zbekistonda anomal havo ta'siri 15-yanvarga qadar davom etadi — O'zgidromet

 Havo harorati kechasi −12…−17, ayrim joylarda −20 darajagacha sovishi mumkin

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Rossiyaning Yevropa qismi shimoliy hududlarida hosil boʻlgan sovuq havo massasining taʼsiri Oʻzbekiston hududi boʻylab 15-yanvarga qadar davom etadi, deya xabar bermoqda “Oʻzgidromet”.

Havo harorati kechasi −12…−17 daraja, ayrim joylarda −20 daraja sovuq, shimoliy hududlarda −20…−25 daraja, Ustyurt va choʻl zonasida −27…−30 darajagacha sovuq boʻladi.

13-yanvar kuni kunduzi Oʻzbekistonda yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Fargʻona vodiysi viloyatlarida biroz qor yogʻishi mumkin. Joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Yoʻllar muzlaydi. Shamol tezligi 7−12 m/s. Harorat selsiy shkalasi boʻyicha -7 … -12 darajani tashkil etadi.

Togʻoldi va togʻli hududlarda biroz qor yogʻib, joylarda tuman tushishi mumkin. Yoʻllar muzlab, qor koʻchishi xavfi bor. Shamol tezligi 7−12 m/s. Harorat −10…−15 darajani tashkil etishi kutilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling