foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining xabariga koʻra, 11-mart kuni soat taxminan 13:00 larda Olmazor tumani Axmad Donish koʻchasidagi “Taxtapul” koʻprigi ustida 2002-yilda tugʻilgan S.Yu. Changan rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, yoʻl chetida harakatsiz toʻxtab turgan 1981-yilda tugʻilgan B.K.ga tegishli Matiz bilan toʻqnashgan va boshqaruvni yoʻqotib, bir yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan 1984-yilda tugʻilgan F.X.ning Cobaltʻiga urilgan.
YTH natijasida Matiz yoʻlovchilari: 1984-yilda tugʻilgan T.A. hamda 2002-yilda tugʻilgan A.Gʻ. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling