Ramazon Hayiti bayramida oʻzbekistonliklar necha kun dam oladi — prezident qarori

Oʻzbekiston aholisi toʻrt kunlik uzluksiz dam olishni kutmoqda.

Foto: president.uz

Foto: president.uz

Prezident qaroriga muvofiq, Ramazon hayitini nishonlash munosabati bilan quyidagi bayram va dam olish kunlari belgilandi:

• 21-aprel (juma) — dam olish kuni;

• 22-aprel (shanba) – olti kunlik ish haftasi xodimlari uchun qoʻshimcha dam olish kuni;

• 23-aprel (yakshanba) — taqvim boʻyicha dam olish kuni;

• 24-aprel (dushanba) - qoʻshimcha dam olish kuni.

Eslatib oʻtamiz, Mehnat kodeksiga koʻra, bayram arafasida, yaʼni 20-aprel, payshanba kuni ish kunining davomiyligi kamida 1 soatga qisqartirilishi kerak.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling