Foto: Repost.uz
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi vazir oʻrinbosari 36 mln odam qilayotgan ishga kafolat berolmayman. Qurilish ishlariga obyektni egasi javobgar, deb aytgani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat yuzasidan vazirlik munosabat bildirdi.
Sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalar hamda buyumlar qoʻllanilgan boʻlsa, ularni ishlab chiqarishni, realizatsiya qilish hamda qoʻllashni toʻxtatib turish haqida tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnomalar yuboriladi.
Qurilishda nazorat inspeksiyasi tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ekspertlari ishtirokida davlat nazorati tartibida tekshiruvlar oʻtkaziladi.
“Obyektdagi ichki nazorat ishlari pudratchi tomonidan kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish maqsadida amalga oshirilishini eslatib oʻtmoqchimiz. Fuqarolik kodeksining tegishli moddalarida qurilish ishlarida sifatga kafolat berish hamda ular lozim darajada bajarilmagan taqdirda pudratchining javobgarligi ham belgilab qoʻyilgan”, — deyiladi xabarda.
Loyiha tashkilotlari tomonidan qurilishlar hududning belgilangan seysmik baliga koʻra (7, 8, 9 ) rejalashtirilgan holda loyihalashtiriladi. Ekspertiza organlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarda obyektning loyiha smeta hujjatlari, yigʻma ekspertiza xulosasi (bunda yongʻin xavfsizligi va seysmik bardoshliligi inobatga olinishi zarur) olinadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling