Zilziladan keyin Oʻzbekistonda hech qanday koʻngilsiz hodisalar kuzatilmadi — FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligi odamlarni sarosimaga tushmaslik va vahimaga berilmaslikka chaqirmoqda.

Avval xabar berganimizdek, bugun 21-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afgʻonistonda zilzila sodir boʻldi. Ushbu zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida ham sezildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar qilishicha, respublika hududida hech qanday koʻngilsiz hodisalar kuzatilmagan hamda bino va inshootlarga zarar yetmagan.

“Oʻz navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan sarosimaga tushmaslikni va vahimaga berilmaslikni soʻrab qoladi. Baʼzi-baʼzida shunday zilzilalar respublikamiz hududida kuzatilib turadi”, - deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling