Foto: Facebook
Avvalroq, Saida Mirziyoyeva Bosh prokuraturadan mazkur holatga alohida eʼtibor qaratib, sinchiklab oʻrganishni va huquqiy baho berishni soʻragan edi.
Prezident administratsiyasi shoʻba mudiri Saida Mirziyoyeva holat yuzasidan Xorazmdagi bolalar uyining uch nafar jabrlangan qizlarning xavfsizligi taʼminlanganini maʼlum qildi.
Ularning xavfsizligi, ruhiy va jismoniy tiklanishi hozirda ustuvor masala. Shu bilan bir vaqtda bu kabi vaziyatlarda harakat qilish va, eng asosiysi, ularning oldini olish tizimini yaratish ustida ishlashimiz kerak. Qonunlarni qatʼiylashtirish va zoʻravonlikka mutlaq toqatsizlik normalarini yaratish vaqti keldi. Barcha darajalarda,- deya izoh qoldirgan oʻzining telegram kanalida.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva befarq boʻlmay, bu keys yuzasidan fuqarolik pozitsiyasini bildirgan barcha OAV va faollarga minnatdorlik bildirgan.
Bu vaziyatda menga umid bagʻishlaydigan birdan-bir jihat borki, u ham boʻlsa oshkoralik va fuqarolik jamiyatining ovozi. Ehtimol, busiz atrofda boʻlayotgan voqelardan ojizlarcha bexabar boʻlib qolardik.
Zoʻravonlik doim boʻlgan, lekin aynan hozir ochiqlik tufayli ushbu hodisa haqida baland ovoz bilan gapiryapmiz va bunga qarshi kurashish uchun real resurslarimiz paydo boʻldi.
Oʻzbekiston soʻz va media erkinligi borasida zimmasiga olgan majburiyatlari, bu jarayon barcha uchun juda ogʻriqli kechayotgan boʻlsada, oʻz mevasini bermoqda. Tizim bir kunda barpo etilib qolmaydi, bu uzoq yoʻl va manfaatlar kurashidir. Va bugun muammolarni erkin koʻtarayotgan ovoz har qachongidan ham baland yangramoqda.
Qolaversa, Mirziyoyeva amalda ishlaydigan odil sudlov tizimini yaratish yoʻlida birlashishga chorlagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling