Ertaga, 4-yanvardan boshlab yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent shahridagi Keles yoʻli koʻchasining maʼlum qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi maʼlum qildi.
Foto: Toshkent shahar hokimiyati
Qayd etilishicha, taʼmirlash jarayoni yakunlanguniga qadar Keles yoʻli koʻchasining Toshkent halqa avtomobil yoʻli koʻprigidan Moyariq koʻchasigacha boʻlgan oraligʻi avtotransport vositalari harakati toʻxtatilmagan holda qisman yopiladi.
“Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz”, - deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling