"Quramax Medical" tomonidan O'zbekistonga olib kirilgan barcha dori vositalari sotuvi to'xtatildi

Kompaniyaning “Dok-1 Maks” va “Ambronol” preparatlari normativ hujjatda ko‘rsatilgan tarkibga mos kelmasligi aniqlanga

Foto: Yandex Maps<br>

Foto: Yandex Maps

Ijtimoiy tarmoqlarda Sogʻliqni saqlash vaziri A.Inoyatov yurtimizda “Quramax” dori vositalari sotilishini toʻxtatish boʻyicha topshiriq bergani haqida xabarlar tarqalmoqda. Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy maʻlumot berdi.

Qayd etilishicha, dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi tomonidan oʻtkazilgan “Dok-1 Maks” hamda “Ambronol” dori vositalarining chuqurlashtirilgan sifat nazorat natijalariga koʻra, ushbu preparatlar normativ hujjatda koʻrsatilgan tarkibga nomuvofiqligi aniqlangan.

Xususan, ularning ayrim seriyalarida propilenglikol moddasi oʻrniga yoki u bilan birga etilenglikol va dietilenglikol moddalari mavjudligi maʼlum boʻlgan.

Shuni inobatga olgan holda aholi salomatligini muhofaza qilish va qolgan dorilarni ham qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazish maqsadida ehtiyot chorasi sifatida “Quramax Medical” MCHJ tomonidan 2022-yil yurtimiz hududiga olib kirilgan barcha preparatlar sotuvi toʻxtatilgan.

Ayni paytda birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari xodimlari oʻziga biriktirilgan barcha xonadonlarda faol patronaj ishlarini olib bormoqda.

Bunda, uyma-uy yurgan holda “Xonadon dori qutisi”ni shaxsan nazoratdan oʻtkazish, muddati oʻtgan preparatlar, saqlash qoidalari buzilgan hamda “Quramax Medical” kompaniyasining barcha dori vositalarini qabul qilmaslik va isteʼmoldan chiqarish yuzasidan zarur choralar koʻrilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling