Toshkentdagi masjid tahoratxonasida 44 yoshli erkak oʻzganing pullarini oʻgʻirladi

"Minor” masjidiga kelib, tahoratxonaga kiyimini ilib qoʻygan yigitning pullari oʻgʻirlab ketildi

Videodan kadr

Videodan kadr

.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi “Minor” masjidida oʻgʻrilik sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Joriy yilning 21-fevral kuni taxminan soat 12:50 da 1979-yilda tugʻilgan Sh.M. Yunusobod tumanidagi “Minor” masjidida kiyim ilgichida turgan, 1998-yilda tugʻilgan I.D.ga tegishli boʻlgan kurtkasidan shaxsiy hujjatlari va 170 ming soʻm miqdoridagi pullari boʻlgan hamyonini olib, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 169-moddasi (Oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling