Foto: Vazirlar mahkamasi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Sodiqov Bosh vazir kotibiyati rahbari oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Shuhrat Sodiqov 2018-yil avgustidan 2021-yil noyabrigacha Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligini boshqargan va ijtimoiy tarmoqlarga (Telegram, Facebook, Instagram, YouTube va “Odnoklassniki”) kirishni cheklab qoʻygani uchun oʻz lavozimidan ozod etilgan edi. Keyinroq Shavkat Mirziyoyevning farmoyishiga koʻra, ijtimoiy tarmoqlar ishi tiklandi.
Shuningdek, “Oʻzkomnazorat” Axborot va telekommunikatsiya sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi Gʻolibsher Ziyayev “oʻylab topilgan xatti-harakatlari” uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling