18-yanvar kuni O'zbekistonda havo harorati +7 darajagacha koʻtariladi

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi

18-yanvar kuni O'zbekistonda havo harorati +7 darajagacha koʻtariladi

Foto: Repost.uz

18-yanvar kuni Oʻzbekistonda havo harorati +7 darajagacha koʻtariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi -9...-11 daraja sovuq, kunduzi 0...+2 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi -3 daraja sovuq +2 daraja iliq boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi -8...-13 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, baʼzi joylarda -15...-17 daraja sovuq, kunduzi -3 daraja sovuq +2 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi -8...-13 daraja sovuq, kunduzi +2...+7 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi -10...-15 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja sovuq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi -12...-17 daraja sovuq, kunduzi +2...+7 daraja sovuq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar