Foto: t.me/abdumalikovich_uzb
Fargʻonada yoʻlning qatnov qismi oʻpirilib tushganligi aks etgan fotoxabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Fargʻona viloyati IIB YHXB izoh berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 1-fevral kuni 4 K 923 Yaypan-Rapqon-Beshariq-Chilmaxram avtomobil yoʻlining 25-km.da yer osti sizot suvlarining yoʻl qoplamasi ostiga toʻplanganligi natijasida, oʻpirilish sodir boʻlgan.
Mazkur holat shu kunning oʻzida kerakli kuch-vositalar yordamida bartaraf etilib, avtomobillar qatnovi tiklangan.

Foto: t.me/abdumalikovich_uzb
Yoʻldagi nosozlik tufayli sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi natijasida Nexia avtomashinasi haydochisi dastlabki maʼlumotga koʻra, yengil tan jarohati olgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Beshariq tumani IIB YHXG tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.