Foto: Videodan lavha
Qashqadaryo viloyatida Nexia-2 mashinasi toʻrt nafar piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 3-yanvar kuni taxminan soat 18:20 atrofida sodir boʻlgan. Unga koʻra, haydovchi Nexia-2 avtomashinasini Shahrisabz tumanidan Yakkabogʻ tumani yoʻnalishi tomon boshqarib borib, Yakkabogʻ tumani “Mevazor” MFY hududida mashinasini old tomoni bilan ushbu yoʻlning chap tomonidan yoʻlning oʻng tomoniga harakatlanib oʻtayotgan toʻrt nafar piyofani urib yuborgan.
Ushbu YTH natijasida uch nafar fuqaro olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan. Bir nafari tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkabogʻ tuman IIB TB tomonidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Haydovchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling