Foto: Telegram
Sankt-Peterburgda rasmiylar Pulkovo aeroportidan samolyotlarning kelishi va ketishini vaqtincha taqiqladi. Xabar berilishicha, Sankt-Peterburgdan 160-200 km uzoqlikda nomaʼlum uchuvchi jism aniqlangan.
“Bu rejim havo chegarasini noqonuniy kesib oʻtgan har qanday havo obyekti urib tushirilishini nazarda tutadi”, — dedi Federatsiya Kengashi mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisining sobiq birinchi oʻrinbosari Frans Klintsevich.
“Biz sizga radiusi 200 km boʻlgan aylana bilan chegaralangan hududda, barcha balandliklarda havo hududiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilgani haqida xabar beramiz. Sizdan muqobil parvoz yoʻnalishlaridan foydalanishingizni soʻraymiz. Bekor qilish haqidagi maʼlumotlar qoʻshimcha ravishda keltiriladi", — dedi agentlik manbasi Federal havo transporti agentligi telegrammasiga tayanib.
Rasmiylar Sankt-Peterburg osmonini nomaʼlum uchuvchi jism tufayli yopdi, deb yozadi “RIA Novosti” shahar favqulodda xizmatlariga tayanib.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling