Toshkentda 18 ming dona isteʼmolga yaroqsiz “Orbit”ni sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Unga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Foto: Departament

Foto: Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman boʻlimi tomonidan “A.G.” MCHJning murojaatiga asosan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan “Orbit” nomli mahsulot yorligʻi ostida tayyorlangan 18 ming dona saqichni fuqaroga 54 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan JKning 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) va 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling