Videodan kadr
Fargʻona viloyati Dangʻara tumanida joylashgan avtomobil “zapchast” bozorida yongʻin sodir boʻldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 3-yanvar kuni Fargʻona viloyati Dangʻara tumanida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari sotishga moʻljallangan konteynerlarda yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimiga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yongʻin qurshab olingan va bartaraf etilgan. Yongʻin oqibatida 4 ta konteynerning, taxminan, 40 kvadrat metr maydonda ichki qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling