Foto: Instagram
Yaqinda bloger Maryam Tillayeva Instagram sahifasida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Yaqinda men 24 yoshga toʻlaman va men bu yoshda oʻzim boʻlishni orzu qilgan joyda emasman. Men ajrashganman, universitetni endigina tamomlayapman va men nima qilishim kerakligini umuman tushunmayapman”, — deydi u.
Blogerning soʻzlariga koʻra, u odamlarga yordam berishni xohlaydi. Lekin birinchi navbatda uning oʻziga yordam kerakligini taʼkidlagan.
Maʼlum boʻlishicha, Maryam shu yoshga kelib bu yil turmush qurishni taklif qilishi kerak boʻlgan sevgilisi bilan oʻzi sevib faoliyat yuritadigan ishi, ikki iti va tepalikdagi oʻz uyi boʻlishini orzu qilgan.
“Lekin men notoʻgʻri yoʻl tutganga oʻxshayman. Va endi men hayotda hech narsa reja boʻyicha ketmasligini tushundim”, — deydi bloger.
Shundan soʻng, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari blogerni qoʻllab-quvvatlashgan. Maryam ularga minnatdorchilik bilan javob qaytargan.
“Xabarlaringiz uchun rahmat, maslahatlaringiz va shaxsiy hikoyalaringiz bilan oʻrtoqlashganingiz uchun tashakkur”, — deb yozadi u.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling