Foto: O'zA
14-yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida XTB binosida yongʻin chiqdi. Bu haqda viloyat FVB xabar qildi.
Qayd etilishicha, soat 20:17 larda Koson tumani “Saripul” MFY “Mustaqillik” shohkoʻchasida joylashgan Xalq taʼlimi boʻlimining qoʻchimcha 1 qavatli binosida yongʻin chiqqan.
Voqea joyiga 2 ta yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi jalb qilinib, manzilga soat taxminan 20:20 da yetib borgan va yongʻin toʻliq soat 21:20 larda bartaraf etilgan. Yongʻindan binoning taxminan 40 metr kvadrat maydoni va unga yondosh fuqaroga tegishli uyning 10 metr kvadrat maydonda tom qismi zarar koʻrgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda yongʻin sababi va zarari mutaxasislar tomonidan aniqlanmoqda.
Voqea joyiga Koson tuman sektor rahbarlari va FVB masʼullari yetib borishgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling