Foto: Videodan lavha
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov yigʻilish oʻtkazib, shaharda qorlar kuralmaganini aytib, viloyatdagi barcha mutasaddilarni tanqid qildi.
“Ertalab kelsak, yoʻllar kuralmagan, trotuarlar supurilmagan, hammayoq qor. Hammasi uxlab yotibdi, shaharni aravasini kim tortadi? (masʼullardan biriga qarab) Sen nega bu yerda oʻtiribsan? Chiqib ket zaldan. Qorni kura borib! Bugun oʻtiradigan joy emas, qor kurash kerak, janob Fazliddin Karimovich... Man Shukurovni quvib yubordim ertalab uydan chiqartirib.
Ilgari qor kuralardi, tozalanardi. Bugun hech kim chiqmagan, avtoyoʻl oʻlgan. Hammajoy qor. Ertaga u muzlaydi, hammayoq muz boʻladi, avariya koʻpayadi, odamlar oʻladi.
(Yana bir amaldorga qarata) Sen nega oʻtiribsan? Men soat oʻndan keyin tekshiraman. Agar bir joyda qor yoki muz koʻradigan boʻlsam sharmandangni chiqaraman. Goʻyo bu qor tezda erib ketadigandek. Bu qor erimaydi, koʻp odamlarning yostigʻini quritadi”,— degan Samarqand hokimi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling