Energetika vazirligi: Vodiydagi gaz quyish shoxobchalari yopilmaydi, ular ishlashda davom etadi

Vazirlik gaz quyish shoxobchalari faoliyati mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan jadvallarga asosan davom etishini maʼlum qildi.

Foto: Minenergy

Foto: Minenergy

Ijtimoiy tarmoqlarda “Vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati vaqtincha toʻxtatiladi” mazmunida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi tarqalgan xabarlar mutlaqo asossiz ekanini aytib, AGTKSHlari belgilangan tartibda faoliyat yuritishini maʼlum qildi.

“Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emasligini maʼlum qilamiz va fuqarolardan bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmasliklarini soʻraymiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Respublika boʻyicha, xususan, vodiy viloyatlaridagi AGTKSHlari faoliyati mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan jadvallarga asosan davom etishi maʼlum qilingan.

Gazeta.uz

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling