Toshkentdagi "Nest one" binosi qurilishida ishlayotgan to'qqiz nafar ishchi ovqatdan zaharlandi

Zaharlanganlar turar joy majmuasida qurilish ishlarini amalga oshiruvchi xorijiy korxonaning ishchilari boʻlgan

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Toshkentdagi “Nest one” binosi qurilishida ishlayotgan toʻqqiz nafar ishchi ovqatdan zaharlandi. Bu haqda Repost.uz soʻroviga asosan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Nest one turar joy majmuasida qurilish ishlarini amalga oshiruvchi "O.M.I.” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonaning toʻqqiz nafar ishchi-xodimi ovqat yetkazib beruvchi MCHJ tomonidan yetkazilgan ovqatdan zaharlanishgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga koʻra, Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Taʼkidlanishicha, tergov natijasiga koʻra, aybdor shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling