Foto: Itimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiy shahrining Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻida joylashgan “Yoshlik” koʻlida yovvoyi oʻrdaklar sovuq havo tufayli koʻl suviga, yopishib qolgan oʻrdaklarga yordam kerak" sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Viloyat ekologiya boshqarmasi mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi, Oʻzbekiston Ekologiya partiyasi Navoiy viloyati Kengashi, “Yuksalish” umummilliy harakatining Navoiy viloyati boʻlinmasi, Oʻzbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi Navoiy viloyati boʻlimi hamda Milliy Gvardiyaning Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻrganish oʻtkazilgan.
Oʻrganish davomida qushlarni nobud boʻlganlari bor yoʻqligini aniqlash maqsadida dron uchirilib, qushlar joyidan qoʻzgʻatildi. Dron tasvirlariga koʻra qushlar orasida nobud boʻlganlari mavjud emasligi aniqlangan.
Shuningdek, “Yoshlik” koʻlida bugungi kunda yovvoyi oʻrdaklar qishlamoqda.
Sovuq kunlarda qushlar nobud boʻlishining oldini olish maqsadida 18-yanvar kuni Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan koʻl atrofiga don sochilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling