Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahar prokurorining oʻqituvchilar yaqinda darslar boshlanadigan maktab yoʻlaklarini qordan tozalamaganini tanqid qilgani eks etgan video tarqaldi. Shuningdek, bu video jamoatchilikda koʻplab muhokamalarga sabab boʻldi. Mazkur holat yuzasidan aktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Videoga koʻra, prokuror Angrendagi maktabga borgani va ikki-uch kundan keyin maktab boshlanishi lekin maktab haligacha qordan tozalanmagani aytilgan.
“Mana, 22-maktabdamiz. Umuman qordan tozalanmagan. Ikki—uch kundan keyin maktab boshlanadi, umuman tozalanmagan, oʻqituvchilari ham yoʻq“, — deya tozalanmagan yoʻllarni koʻrsatgan prokuror.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining maʻlum qilishicha, tarqalgan videolavha Bosh prokuraturaga yuborilgani va holat hozirda oʻrganilmoqda.
“Jamiyatda oʻqituvchining obroʻsini oshirishni har birimiz oʻzimizdan boshlashimiz lozim. Bu borada kattalar yoshlarga oʻrnak boʻlishi va har doim barchamizga bilim bergan ustozlarga hurmat bilan muomalada boʻlishimiz shart”, — deyiladi munosabatda.
Shuningdek, vazirlik Shavkat Mirziyoyev tomonidan oʻqituvchilar nufuzini oshirish borasida qator topshiriqlar berilgani va “Oʻqituvchini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman” degan gaplarini ham eslatib oʻtgan.
”Zoʻrlab ishlatish yoki majburiy mehnat toʻgʻrisidaʼgi Konvensiyaning 6-moddasiga asosan maʼmuriyat amaldorlari, hatto ularning vazifasi ularga ishonib topshirilgan aholini qandaydir mehnat shakli bilan band qilishga koʻmaklashishdan iborat boʻlsada, ushbu aholi yoki alohida shaxslarni xususiy shaxslar, kompaniyalar yoki tashkilotlar uchun ishlashga majbur qilishi mumkin emasligi belgilangan.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida 2018-yil 10-maydagi qaroriga muvofiq Bosh prokuraturaga Oʻzbekiston hududida majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish, bu boradagi tekshiruvlar samaradorligini oshirish va majburiy mehnat holatlari aniqlanganda esa aybdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qoʻllash tavsiya etilganini eslatib oʻtamiz”, — deyiladi vazirlik munosabatida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling