Surxondaryoda bir yigit yaxshi ko'rgan qizi bilan yurgan bolani urib, burnini sindirdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida bir nafar bola kaltaklanganligi bilan bogʻliq xabarlar tarqalgan edi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 6-aprel kuni soat 16:30 da Termiz shahri “Alpomish” mahallasida joylashgan “Motamsaro ona” haykali yonida voyaga yetmagan X.E. yaxshi koʻrgan qizini voyaga yetmagan M.J. bilan birga yurganini koʻrib qolgan. Natijada, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan M.J.ni urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Surxondaryo viloyat filialining dastlabki maʼlumotnomasiga koʻra, M.J. burun devorlarini ikki tomonlama sinishi kabi tan jarohati olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 10-aprel kuni Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan JKning 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Jinoyat ishining tergovi Termiz shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan”,- deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling