Foto: Tez News
Toshkentda faoliyat koʻrsatayotgan qurilish firmasining yigirma bir nafar ishchisida ovqatdan zaharlanish holati aniqlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, qurilish firmasining ishchilari Tez tibbiy yordam mashinasida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya mikrobiologiya va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qabul boʻlimiga ovqat toksikoinfeksiyasi shubhasi bilan olib kelingan.
Maʼlum qilinishicha, bemorlarga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatilgan va hozirda ularning ahvoli qoniqarli.
“Shu oʻrinda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati yurtdoshlarimizga sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik, isteʼmol uchun moʻljallangan taomlarni tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishingizni soʻraydi”, — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling