Videodan kadr
IIV matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, joriy yilning 23-fevral kuni soat 04:30 atrofida Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidan oʻtuvchi M-37 avtomobil yoʻlining 44 kmda YTH sodir boʻlgan.
Aniqlanishicha, mazkur yoʻlda harakatlanib kelayotgan Lacetti rusumli transport vositasi yoʻlning oʻng tarafida toʻxtab turgan yuk transport vositasining orqa, chap tirkamasiga kelib urilgan. Natijada Lacetti avtomobilidagi 2 nafar yoʻlovchi va 1 nafar haydovchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. 1 nafar yoʻlovchi esa Respublika shoshilinch TTYO ilmiy markazining Samarqand filialiga yotqizilgan.
Mazkur YTHga Lacetti avtomobili haydovchisining yoʻlda uxlab qolishi sabab boʻlgan.
Hozirda holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan JKninng 266- moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling