Videodan lavha
Farg‘ona viloyatida o‘ziga tegishli bo‘lmagan davlat raqam belgilaridan noqonuniy foydalanib, qoidabuzarliklar uchun jarimalarni to‘lamay yurgan haydovchilar aniqlandi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, davlat raqami aslida "ZAZ-968" avtomobiliga tegishli. Lekin davlat raqamidan boshqa bir fuqaro foydalanib kelgan. U yo‘llarda sodir etgan qoidabuzarliklar jarimasi esa "ZAZ" haydovchisiga yuborilgan.
Olib borilgan qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida ushbu qoidabuzarlikni sodir etgan fuqaro aniqlangan. Haydovchi ushbu raqam belgisidan maqsadsiz foydalanib kelgan va uning hisobiga 8 ta qoidabuzarlik yozilgan.
Shuningdek, boshqa bir holatda "VAZ-2101" avtomobiliga tegishli bo‘lgan davlat raqami belgisi noqonuniy ravishda "Cobalt" avtomobiliga qo‘yilgani aniqlangan. Buning ortidan 44 mln so‘mlik jarimalar qayd etilgan. Surishtiruvlar davomida davlat raqami belgisi daliliy ashyo sifatida olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling