Qashqadaryoda hokim o'rinbosari kaltaklandi - video

Voqea joyiga IIB xodimlari chiqib, fuqarolarni tinchlantirib, jamoat tartibini saqlashga erishgan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Qashqadaryo viloyatining Qamashin tumanida fuqarolar hokim oʻrinbosarini kaltakladi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa 2-yanvar kuni soat 10:30 atrofida sodir boʻlgan. Unga koʻra, Qamashi tumani hokimi oʻrinbosari va bozor rahbari hududga kelib, obodonlashtirish ishlarining borishini nazorat qilgan. Bozor atrofiga beton ariq oʻrnatish maqsadida ekskovator ishlayotgan vaqtda fuqarolar janjal chiqargan.

Janjal vaqtida fuqarolar ikki nafar fuqaro hokim oʻrinbosarini qasddan bir necha marotaba urib, ekskovator oynasiga tosh otib sindirgan. Bozorqoʻmga tegishli Nexia-2 mashinasiga zarar yetkazib, fuqarolarni faol qarshilik koʻrsatishga jalb qilgan.

Xabarga koʻra, voqea joyiga Qamashi tuman IIB xodimlari chiqib, fuqarolarni tinchlantirib, jamoat tartibi saqlashga erishilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling