Foto: Instagram
Yaqinda “Al-Nasr” klubiga kelib qoʻshilgan Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoniga koʻchib oʻtdi. Bu haqda “Peopletalik” xabar bermoqda.

Shuningdek, Krishtianu Ronaldu, Jorjina Rodriges va farzandlari ushbu mamlakatda yashash uchun ijara uyga koʻchib oʻtishgan.

Maʼlum qilinishicha, ularning uyi Saudiya Arabistonidagi osmonoʻpar binoning 99-qavatida joylashgan. Xabarga koʻra, mazkur xonadonning bir oylik ijara narxi taxminan 319 ming dollar turadi.

Qayd etilishicha, oila doimiy yashash uchun uy sotib olgunlaricha mana shu joyda yashamoqchi.