Foto: Repost.uz
Buxoro viloyatining Peshku tumanida 21 va 24 yoshli ayollar uyida oʻzini osib, joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2023-yil 1-yanvar kuni soat 07:40 larda Peshku tumani “Hurram” MFY, Kate qishlogʻida yashovchi 24 yoshli fuqaro yashash uyi molxonasining shiftida oq rangli sintetik matodan toʻqilgan arqon bilan sirtmoq yasab, oʻzini osishi oqibatida vafot etgan.
Holat yuzasidan uningning yaqin qarindoshlaridan tushuntirishlar olinganida, muqaddam biron-marotoba oʻz joniga suiiqasd qilmaganini, 2022-yil 31-dekabr kuni uyida boʻlganini, nima sababdan osganligini hech kim bilmasligini, uning oʻz joniga qasd qilgani holati yuzasidan biron-bir shaxsga daʼvo eʼtirozlari yoʻqligini bayon qilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroning oʻlimi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, Peshku tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.
2022-yil 30-dekabr kuni soat 15:18 larda Peshku tumani “Peshku” MFY, “Peshku” qishlogʻida yashovchi 21 yoshli qizning yashash uyida sintetik matodan toʻqilgan arqon bilan sirtmoq yasab, oʻzini osishi oqibatida vafot etgan.
Holat yuzasidan marhumaning yaqin qarindoshlaridan tushuntirishlar olinganida, muqaddam biron-marotoba oʻz joniga suiiqasd qilmaganligini, 2022-yil 30-dekabr uyida boʻlganini, nima sababdan osganini hech kim bilmasligini, uning oʻz joniga qasd qilgani holati yuzasidan biron-bir shaxsga daʼvo eʼtirozlari yoʻqligini bayon qilgan.
Mazkur holat yuzasidan qizing oʻlimi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, Peshku tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling