Foto: Jizzax viloyat IIB matbuot xizmati
Jizax viloyatining Gʻallaorol tumanida sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasi oqibatida “Lacetti” avtomobili ikkiga boʻlinib ketdi. Bu hadqa viloyat IIb matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 4-yanvar kuni soat taxminan 17:30 larda Gʻallaorol tumani hududidan oʻtuvchi 4P-41 “Gʻallaorol-Oʻsmat-Baxmal” avtomobil yoʻlining 16-kilometrida sodir boʻlgan.
Unga koʻra, “Baxmal-Gʻallaorol” yoʻnalishida harakatlanayotgan 24 yoshli haydovchi boshqaruvida boʻlgan “Lacetti” rusumli avtomobilda yuqori tezlikda harakatlanishi oqibatida boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻlning oʻng tomoniga chiqib ketib, transport vositasi daraxtga urilgan.
Sodir boʻlgan YTH oqibatida avtomobil salonida boʻlgan 19 yoshli yoʻlovchi olgan ogʻir tan jarohatlari bilan voqea joyida, 55 yoshli yoʻlovchi shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, avtomobil haydovchisi hamda salonda boʻlgan yana bir yoʻlovchi yengil tan jarohatlari olgan.
Mazkur holat yuzasidan Gʻallaorol tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi (Odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport boshqarish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling