Videodan lavha
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan to‘qimachilik sexida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Gulzor mahallasida sodir bo‘lgan yong‘in haqida ma’lumot 11-yanvar kuni kelib tushgan. Voqea joyiga o‘t o‘chirish va qutqaruv brigadalari jo‘nab ketgan, ayni paytda yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Yong‘in ustaxonaning ikkinchi qavatida sodir bo‘lgan, vaziyat nazorat ostida.
Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q, yong‘in haqida qo‘shimcha ma’lumot keyinroq ma'lum qilinishi aytilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling