Rasuljon Jo‘rayev Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tayinlovga qadar u Beshariq tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, Ilyos Novikov Beshariq tumani hokimi bo‘ldi.
U 2018-2024-yillarda Qo‘shtepa tumani hokimi bo‘lib ishlagan.