O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yuborli

Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

Qurbon hayiti munosabati bilan va Afg‘onistonning sel-suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan aholisiga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida 200 tonnaga yaqin oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yordami yuklari Balx viloyatiga yetkazildi.

Insonparvarlik yuklari Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris ishtirokida topshirildi.

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, no‘xot, tez tayyorlanadigan taomlar o‘rin olgan.

Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling