5-7-may kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
8-mayda respublikaning ayrim joylarida, janubiy va sharqiy viloyatlardan tashqari, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
5-8-may kunlari harorat asta-sekin kechalari 17-20 darajagacha, kunduz kunlari 32-35 darajagacha, janubda 38 darajagacha ko‘tariladi.
6-7-may kunlari shamolda va cho‘l hududlarda, 8-mayda respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 4-5-may va 8-may kunlari ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. 4-mayda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 5-8-mayda asta-sekin 30-35 darajagacha ko‘tariladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 8-mayda uning tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.