Samarqanddagi gaz “zapravka”da Nexia-3 gaz balloni portladi: qurbon bor

Voqea joyiga prokuratura, IIB, SSB va FVB kuch-vositalari jalb qilingan.

Foto: Samarqand FVB

Foto: Samarqand FVB

Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmatining xabariga koʻra, bugun, 25-fevral kuni soat 11:30 da Samarqand shahri M. Bedil koʻchasi joylashgan ASGQSHda 2019-yilda ishlab chiqarilgan Nexia-3 gaz balloniga siqilgan gaz (metan) quyish vaqtida gaz balonda yorilishi yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida shoxobchada ishlovchi 1980-yilda tugʻilgan fuqaro M.Z. voqea joyida vafot etgan. Boshqa hech kim jarohat olmagan. Voqea joyida yongʻin sodir boʻlmagan.

Hozirda hodisa sababi oʻrganilmoqda.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling