Birinchi chorakda ish joyidagi baxtsiz hodisalar oqibatida 62 kishi vafot etdi

Jami 198 ta mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.

2026-yil 1-choragida jami 198 ta mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

Bularning 139 tasi og‘ir oqibatli bo‘lgan. Yana 49 tasi esa o‘lim bilan tugagan.

Jabrlanganlar soni 223 nafarni tashkil etib, ulardan 146 nafari og‘ir jarohatlangan.

15 nafari yengil jarohatlangan bo‘lsa, 62 nafari vafot etgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling