Toshkent viloyatida tergovchi va qorovul 9 ming dollar pora bilan qoʻlga tushgani aytilmoqda

Ular fuqaroga jinoyat ishini yengillashtirib, ijobiy hal qilib berishini bildirgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

26-fevral kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda Ohangaron shahri prokuraturasi tergovchisi va qorovuli pora olganlikda gumonlanib qoʻlga olindi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Shahar prokuraturasi qorovuli shu yerda ishlovchi tergovchining ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi doirasida tergovga jalb qilingan fuqaroga ishni yengillashtirib, ijobiy hal qilib berishini bildirgan. Buning evaziga 9 ming dollarni olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda.

27-fevral kuni shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish), qoʻriqlash xizmati qorovuliga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik), 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling