Saida Mirziyoyeva Oq uyda Jo Baydenning yordamchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda Oʻzbekistonda olib borilayotgan muhim islohotlar haqida toʻxtalingan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

23-mart kuni BMTning Suv masalalari boʻyicha konferensiyasida ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzosi Saida Mirziyoyeva Oq uyda Jo Baydenning yordamchisi va AQSH prezidenti administratsiyasining gender siyosati boʻyicha Kengashi direktori Jennifer Klyayn bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda olib borilayotgan muhim islohotlar haqida toʻxtalingan.

Saida Mirziyoyevaning yozishicha, suhbatning asosiy mavzularidan biri - xotin-qizlarni gender zoʻravonlikdan himoya qilish va Oʻzbekistonda unga yoʻl qoʻymaslik uchun amalga oshirilayotgan ishlar boʻlgan.

“Muloqotimiz ochiq va samimiy boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistonning Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zoʻravonlik jinoyatini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar faqat qogʻozda qolmasligi uchun zarur chora-tadbirlarni atroflicha muhokama qildik. Jennifer Klayn bu borada amaliy yordam berishni taklif qildi. Shuni inobatga olgan holda, kelgusida aloqalarimizni yanada mustahkamlash va kengaytirish imkoniyatiga ega boʻlamiz, deb oʻylayman”, – deydi Mirziyoyeva.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling