Xonadon xaridi — bu ko‘p yillar davomida hayot sifatini belgilaydigan va ayni vaqtda eng muhim sarmoyalardan biriga aylanadigan qaror. Shu sababli bo‘lajak uy egalari qulaylik, ishonchlilik va foydali xarid shartlarini o‘zida mujassam etgan loyihalarni tobora ko‘proq tanlamoqda. Bugungi kunda Istanbul City turar-joy majmuasining qoq markazida joylashgan “C” bloki ana shunday takliflardan biridir.
Bugunoq xarid qilish uchun foydali shartlar
“C” blokining asosiy afzalliklaridan biri — bu maxsus xarid shartlaridir. Xaridorlar 36 oygacha muddatli to‘lovdan foydalanishlari mumkin. Bu esa xonadon xaridini ancha osonlashtiradi va moliyaviy yuklamani qulay taqsimlash imkonini beradi.
Bundan tashqari, muddatli to‘lovga 17% gacha, to‘liq to‘lovga esa 25% gacha chegirma amal qiladi.
Shunday qilib, xarid narxi yanada jozibador bo‘ladi. Har bir kvadrat metr uchun eng foydali narxlardan biri bilan birga, bu “C” blokini o‘zi uchun xonadon xarid qilayotganlarga ham, o‘z sarmoyasini saqlash va ko‘paytirishga intilayotgan investorlarga ham birdek jozibador qiladi.
Kelajak uchun ishlaydigan sarmoya
Ko‘chmas mulk sarmoya kiritishning eng ishonchli vositalaridan biri bo‘lib qolmoqda, rivojlangan infratuzilmaga ega zamonaviy turar-joy majmualaridagi xonadonlar narxi esa barqaror o‘sib bormoqda.
Istanbul City majmuasining “C” bloki – bu bugunoq jozibador narxda ko‘chmas mulk xarid qilish va kelajak uchun istiqbolli aktivga ega bo‘lish imkoniyatidir. Majmua va uning atrofidagi infratuzilma rivojlangan sari bunday xonadonlarning qiymati faqat oshib boradi, bu esa xaridni yanada foydali qiladi.
Shu bilan birga, Toshkentdagi zamonaviy turar joy majmualariga talab yuqoriligi sababli, xonadoningiz nafaqat ishonchli sarmoya, balki ijara orqali barqaror daromad manbayiga ham aylanishi mumkin.
Shinam hayot uchun yaratilgan makon
“C” bloki shahar turar joylariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar asosida yaratilgan. Bu yerda turli maydonga ega xonadonlar taqdim etilgan bo‘lib, har bir inson o‘z ehtiyojlari va turmush tarziga mos variantni topa oladi.
Alohida e’tiborni turfa xil loyiha yechimlari o‘ziga tortadi. Bugun xaridorlarga har bir kvadrat metrdan maksimal darajada unumli foydalanilgan funksional va puxta o‘ylangan loyihalarining keng tanlovi taqdim etilmoqda.
Haqiqatan ham o‘ziga xos makon yaratishni istaganlar uchun xonadon loyihasini o‘z didiga moslab o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Bu xonadonni shaxsiy turmush tarzi, oila a’zolarining soni va individual dizayn g‘oyalariga moslashtirishga yordam beradi.
Qulaylik to‘g‘ri tanlovdan boshlanadi
Zamonaviy uy-joy – bu shunchaki devorlar va kvadrat metrlardan iborat emas. Bu – siz har kuni qaytishni istaydigan qulaylik, xavfsizlik, puxta o‘ylangan infratuzilma va o‘ziga xos muhit demakdir.
Istanbul City aholisi obodonlashtirilgan hudud, dam olish maskanlari, zamonaviy jamoat joylari va qulay shahar muhitidan bahramand bo‘ladi. Bularning barchasi "S" blokini oilalar, yosh mutaxassislar va yuqori turmush sifatini qadrlaydiganlar uchun ajoyib tanlovga aylantiradi.
Bugun va kelajak uchun manfaatli yechim
Bugun Istanbul City’dagi “C” bloki bir vaqtning o‘zida bir nechta asosiy afzalliklarni mujassam etgan: kvadrat metrning hamyonbop narxi, 36 oygacha muddatli to‘lov, 17% gacha chegirma, zamonaviy loyihalarning keng tanlovi hamda o‘z xohish-istaklaringizni inobatga olgan holda orzuyingizdagi xonadonni yaratish imkoniyati.
Bu taklif o‘z oilasi uchun qulay xonadon izlayotganlar uchun ham, istiqbolli ko‘chmas mulkning qadrini tushunadigan sarmoyadorlar uchun ham birdek jozibadordir.
Bugun Istanbul City’ning “C” blokini tanlar ekansiz, siz nafaqat kvadrat metrlarga, balki farovon hayot, ertangi kunga ishonch va porloq kelajakka sarmoya kiritgan bo‘lasiz.
Manzil: Abdulla Qahhor ko‘chasi, 49/1
Telefon: +998 (78) 122-22-20
Instagram: @istanbulcity__uz