XXI asrdagi ko‘pchilik iyun oylari singari 2025-yilning iyuni ham issiq bo‘ldi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
O‘rtacha oylik harorat me‘yordan 1-2 darajaga, Toshkent viloyatida ba‘zi joylarda 2,2 – 2,5 darajaga yuqori bo‘ldi. Faqatgina respublikaning shimoli-g‘arbiy qismida o‘tgan iyun oyi harorat tartibi bo‘yicha iqlim me‘yoriga yaqin bo‘ldi.
O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlari bo‘yicha 2025-yil iyun oyi barcha kuzatuv yillari uchun eng issiq iyun oylari beshligiga kirdi. Oyning katta qismida kunduzgi havo harorati 33-38 daraja atrofida bo‘ldi. Eng issiq kunlarda havo 39-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 42-44 darajagacha isidi.
Issiq pasayishi davrida kunduzgi harorat 27-30 atrofida bo‘lishi kuzatildi va hatto eng chekka janubda ham 32-34 darajadan yuqori bo‘lmadi. Biroq, bunday qulay ob-havo sharoitlarining davomiyligi qisqa muddatli bo‘ldi.
O‘tgan iyun oyini ekstremal quruq oy deb tavsiflash mumkin. Yomg‘ir juda kamdan-kam hollarda yog‘di va jadalligi asosan biroz bo‘ldi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida (Ustyurtdan tashqari), Xorazm, Farg‘ona viloyatlarida ba‘zi joylarda va ayrim tog‘li hududlarda miqdori 9 mm dan 31 mm gacha bo‘lgan mahalliy jala yomg‘irlar yog‘ishi qayd etildi.
Jala yomg‘irlar hisobiga Jizzax, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Oy uchun yog‘ingarchilik miqdori 0,0-5 mm ni, respublikaning ayrim hududlarida 6-8 mm ni tashkil etdi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida tez-tez qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kuzatilib, iyun oyi uchun umumiy yog‘ingarchilik miqdori ba‘zi joylarda 25-30 mm ga, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida 45-55 mm ga yetdi.
Respublika bo‘icha ba‘zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kuzatildi, Ustyurtda shamolning kuchayishi 22 m/s ga yetdi. Ayrim joylarda changli bo‘ronlar, chang-to‘zonlar va changli g‘aborlar qayd etildi.