O‘zbekistonda 6 oyda chiqindilarni noqonuniy joylarga tashlash holatlari necha marta aniqlangani ochiqlandi

Eng ko‘p huquqbuzarliklar Namangan viloyatida qayd etilgan.

2025-yilning birinchi yarmida chiqindilarni noqonuniy joylarga tashlash bilan bog‘liq 15 mingga yaqin huquqbuzarlik aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu davrda o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralari yordamida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq 5215 ta holat qayd etilgan.

Eng ko‘p huquqbuzarliklar Namangan viloyatida (1563 ta), Andijon viloyatida (1443 ta) va Farg‘ona viloyatida (1163 ta holat) qayd etilgan.

Huquqbuzarliklar yuzasidan respublika bo‘yicha jami 14 728 ta ma‘muriy bayonnomalar tuzildi. Jarimalarning umumiy miqdori 7,9 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 3,3 mlrd so‘mi belgilangan tartibda undirib olindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling