Dam olish kunlari issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi, biroq bu pasayish biroz bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Yakshanba kuni harorat kunduzi 38-41 daraja atrofida, janubda 42-44 darajagacha bo‘ladi.
O‘zbekistonda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, 5 iyulda respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda, 6-iyulda cho‘l hududlarda ba‘zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat asosan 4-5-iyulda 40-43 daraja, 6-iyulda 39-41 daraja bo‘ladi.