Toshkent viloyatining Ohangaron shahar hokimligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs 1958-y.t. fuqaroning ishonchiga kirgan.
U hozirda hokimiyat balansiga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni maʼlum qilgan.
Mazkur mansabdor shaxs uyning narxini 15 ming dollarga kelishib hamda sud organlaridagi tanishlari uchun 3500 dollar berishini aytib, jami 18 500 dollar talab qilgan.
Ammo, u oldindan 9500 dollar olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda hokimiyat vakiliga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.