Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarini elektr bilan ta‘minlovchi “TTZ” podstansiyasidan chiquvchi 6 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘i shikastlandi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
Natijada favqulotda avariya holatida elektr ta‘minotida o‘chishlar yuzaga kelgan.
Yuzaga kelgan nosozlikni tezkor bartaraf etish hamda mavjud yuqori kuchlanishli elektr uzatish kabel tarmog‘ini ta‘mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida tumanning ayrim hududlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi.
- Ushbu hududlar: “Geologlar” hamda “Geofizika” MFYlari hududidagi aholi yashash xonadonlari.
Ayni vaqtda tezkor chiqish brigadalari tomonidan mazkur holat nazoratga olinib, nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.