“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanib, 31-avgust kuni oxiriga qadar davom etadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Bunda:
- Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
- Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
- Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
- Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.
G‘oliblar 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e‘lon qilinadi.