O‘zbekiston va Ozarbayjon U-20 Jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha FIFAga ariza yubordi

O‘FA xabariga ko‘ra, Ozarbayjon bilan birga O‘zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor.

FIFA 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan U-20 Jahon chempionati mezbonligiga nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshladi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston va Ozarbayjon futbol uyushmalari mazkur mundial mezbonligini yuqori saviyada o‘tkazishga ishonch bildirgan holda o‘z qo‘shma nomzodini ilgari surgan.

O‘FA xabariga ko‘ra, Ozarbayjon bilan birga O‘zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling