O‘zbekistonda iyun oyida o‘rtacha oylik havo harorati may oyi qiymatlaridan 4-5 darajaga, cho‘l hududlarda 6-7 darajaga yuqori bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Oxirgi 15 yil davomida respublika hududining katta qismida faqat 2019-yilning iyun oyi, shimolda va cho‘l hududlarda esa 2017 va 2018-yilning iyun oylari me‘yordan biroz sovuqroq bo‘ldi.
Besh yilliklar bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan iyun oyining o‘rtacha harorati 2021-2025-yillarda haroratning sezilarli darajada ko‘tarilganini ko‘rsatmoqda.
Respublikaning barcha hududlarida ushbu yillar davomida haroratning me‘yordan o‘rtacha anomaliyasi +1,3 darajadan +2,5 darajagachani tashkil etdi.