Oʻtgan yili oʻzbekistonliklar qaysi davlatlarga eng koʻp sayohat qilgan?

Ko'rsatkichlar 2021-yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 2,4-martaga oshgan

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda 5,2 mln nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Ushbu koʻrsatkichni 2021-yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 2 mln 968 ming nafarga yoki 2,4-martaga oshganini kuzatish mumkin.

Oʻzbekistonliklar 2022-yilda turistik maqsadlarda eng koʻp safar qilgan davlatlar:

  • Qirgʻiz R. – 2 mln 446 ming 900 nafar;
  • Qozogʻiston – 1 mln 1 ming 300 nafar;
  • Tojikiston – 785 ming nafar;
  •  Turkiya – 305,9 ming nafar;
  • Rossiya – 250,7 ming nafar;
  • BAA – 128,3 ming nafar;
  • Saudiya Arabistoni – 69,4 ming nafar;
  •  Misr – 36,8 ming nafar;
  • Quvayt – 24,0 ming nafar;
  •  Janubiy Koreya – 23,1 ming nafar;
  • AQSH – 16,6 ming nafar;
  • Ozarbayjon – 12 ming nafar;
  •  Hindiston – 10,6 ming nafar;
  •  Gruziya – 8,2 ming nafar;
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling