Samarqand viloyati Samarqand shahrida ikkita xonadon yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 1-yanvar kuni soat 17:34 da Samarqand viloyati FVBga xonadonda yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar kelib tushgan.
Maʼlum qilinishicha, yongʻin Samarqand shahri “Bek” MFY, Bobur koʻchasidagi xonadonlardan birida sodir boʻlgan. Xabarga koʻra, voqea joyiga oltita yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
ongʻinga soat 17:44 da yetib borgan ekipaj uni 18:55 da oʻchirishga erishgan.
Ushbu voqea oqibatida ikkita xonadonning taxminan 200 metr kvadrat maydonda shift va tom qismi hamda uy jihozlari yonib, zararlangan.
Yongʻindan xonadonlarning taxminan 80 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Maʼlum qilinishicha, hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.
Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling